Asosiy qismga o‘tish
Ag 47Kumush texnologiyasi

Hid yo'q. Kumush bor.

Matoga kumush ionlari kiritilgan. Ular bakteriyalar ko'payishiga yo'l qo'ymaydi — hid paydo bo'lmaydi. Kun bo'yi. Yuvishdan keyin ham.

  • 50+ yuvishdan keyin ham ishlaydi
  • O'zbekistonda ishlab chiqarilgan
  • Laboratoriya sinovidan o'tgan
AG47 Socks — juft paypoq

AG47 Socks

Paypoq

Narx49 000 so‘m

Hid yo‘q, Kumush ionlari, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, 50+ yuvish, Ag 47, Bakteriyaga qarshi
01Qanday ishlaydi

Uch qadam. Parfyum yo‘q, hidni yashirmaymiz.

  1. 1

    Kumush ionlari bakteriyani to‘xtatadi

    Ag+ ionlari tola ichida turadi va bakteriya hujayrasining bo‘linishiga xalaqit beradi.

  2. 2

    Hidni ter emas, bakteriya beradi

    Ter o‘zi hidsiz. Hid bakteriya terni parchalaganda paydo bo‘ladi.

  3. 3

    Bakteriya yo‘q — hid yo‘q

    Sabab yo‘qolsa, natija ham yo‘q. Har kuni kiysangiz ham.

AG47 — gigiyena mahsuloti, dori emas. Terlashni to‘xtatmaydi, hidning oldini oladi.

Raqamlarda
mahsulot liniyasi
0mahsulot liniyasi
yuvishdan keyin ishlaydi
0+yuvishdan keyin ishlaydi
donadan optom narx
0donadan optom narx
kunda viloyatlarga
2–4kunda viloyatlarga
02Mahsulotlar

To‘rtta liniya. Bitta texnologiya.

AG47 Socks — juft paypoq

Paypoq

AG47 Socks

Kun bo‘yi kiying. Hid yo‘q.

Kumush ionli paxta paypoq. Ish, sport, uzoq yo‘l uchun.

49 000so‘m / 1 juft

Optomda34 000 so‘m

Batafsil
03Mehmonxonalar uchun

Mehmonxona, xostel va klinikalar uchun optom yetkazib berish.

  • 01

    Optom narx

    100 donadan boshlab. Partiya katta bo‘lsa, narx tushadi.

  • 02

    Sertifikatlar

    Gigiyena sertifikati, sinov bayonnomalari, tarkib hujjatlari.

  • 03

    Shartnoma

    Rasmiy shartnoma, hisob-faktura, QQS bilan. Bank o‘tkazmasi.

  • 04

    Logotip bilan

    Mehmonxona logotipi bilan qadoq — 500 donadan.

Optom uchun ariza

Narxlar ro‘yxati va sertifikatlarni yuboramiz.

Yuborish orqali siz biz bilan bog‘lanishimizga rozilik bildirasiz.

04O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan

O‘z ishlab chiqarishimiz, o‘zbek paxtasi, mustaqil laboratoriya sinovlari.

O‘z fabrikamiz

Toshkentda to‘quv va tikuv sexi. Har bir partiya shu yerda yig‘iladi.

O‘zbek paxtasi

Ne 30/1 tarangan paxta. Uzun tola — mato uzoq xizmat qiladi.

Mustaqil sinov

Antibakterial samaradorlik ISO 20743 metodikasi bo‘yicha tekshiriladi.

  • Gigiyena sertifikati

    O‘z DSt

  • Antibakterial samaradorlik — tekstil

    ISO 20743

  • Yuzalar uchun samaradorlik — Pro

    ISO 22196

  • 50 yuvishdan keyingi sinov

    ISO 6330

  • Teri uchun xavfsizlik

    ISO 10993-10

  • Ishlab chiqarish pasporti

    Toshkent

Hujjatlarni so‘rov bo‘yicha PDF holida yuboramiz.

05Savollar

Savollar

Javob topilmadimi? Telegramga yozing — 15 daqiqada javob beramiz.

Telegramga yozish

Kumush ionlari tolaning ichida — ustiga surtilmagan. Shuning uchun 50+ yuvishdan keyin ham ishlaydi, ya’ni paypoq eskirguncha. Fresh — bir surtish 24 soatga.

Mashinada 30–40 °C da. Konditsioner va oqartirgich ishlatmang — ular tolani qoplab, ionlarning ishiga xalaqit beradi. Quritgich kerak emas, soyada quriting.

Ha. Kumush ionlari tolaga mahkam biriktirilgan, teriga o‘tmaydi. Kumush asrlar davomida suv va idishlarni saqlashda ishlatilgan. Bizda gigiyena sertifikati va teri uchun xavfsizlik bayonnomasi bor. Bolalar va sezgir teri uchun mos.

Ha, butun O‘zbekiston bo‘ylab. Toshkent — kuryer, 1–2 kun. Viloyatlar — pochta yoki avtoyuk, 2–4 kun. Optom partiyalar transport kompaniyasi orqali.

Tekstil — 100 donadan, Fresh — 200 donadan, Pro — 20 litrdan. 500 donadan boshlab logotipingiz bilan qadoqlaymiz. Shartnoma, hisob-faktura va sertifikatlar beriladi.

Ochilmagan qadoqni 14 kun ichida qaytarasiz. Nuqson bo‘lsa — almashtiramiz yoki pulni qaytaramiz, yetkazib berish bizdan. Gigiyena sababli ochilgan ichki kiyim va Fresh qaytarilmaydi.